Kafedra tarixi
"Zoologiya kafedrasi
1960 yilda tashkil topgan bo‘lib, kafedraning asosiy yo‘nalishi “Janubiy O‘zbekiston faunasini kompleks o‘rganish” ga qaratilgan edi. Kafedraga 1960-1980 yillarda b.f.n. dotsentlar Sh.Otaxonov, A.O‘roqov, X.Ro‘ziyevlar rahbarlik qilishgan.
Zoologiya kafedrasi tashkil etilgan dastladki yillarda uning moddiy-texnika bazasi juda nochor edi. Kafedra a’zolarining say-harakatlari bilan dastlab dotsent Sharif Otaxonov rahbarligidagi zoologiya kafedrasi qoshida birinchi marta “Jonli burchak” (kichik hayvonot bog‘i), hayvonlar maketlari, tulup va mulyajlar bilan boyitilgan “Zoologiya muzeyi”, “Texnika vositalari bilan o’qitish” kabineti hamda hamda ko‘rgazmali qurollar bilan jihozlangan Zoologiya o’quv kabineti, tashkil etilgan.
1980-1998 yillarda fakultetda “Biologiya va qishloq xo’jalig asoslari” yo’nalishi bo’yicha kadrlar tayyorlanishi munosabati bilan kafedra nomi “Zoologiya va qishloq xo’jalig asoslari” nomi bilan yuritila boshlagan. Kafedraga Sh. Otaxonov, A.O‘roqov, O.Davronovlar rahbarlik qilgan.
1996 yildan universitetda Biologiya, Ekologiya va atrof muhit muhofazasi va Tuproqshunoslik yo’nalishlari bo’yicha kadrlar tayyorlana boshlandi. Shu munosabat bilan universitetning 1998 yilgi yangi tuzilmasida “Zoologiya”, “Ekologiya va atrof muhit muhofazasi” va “Tuproqshunoslik va agrokimyo” kafedralari tashkil etildi.
1998 yilda qayta tashkil etilgan Zoologiya kafedrasiga b.f.d. O.Davronov rahbarlik qila boshladi. Yangi tashkil etilgan kafedralarga kafedra o’qituvchilari: “Ekologiya va atrof muhit muhofazasi” kafedrasini b.f.n. G.Bobonazarov, “Tuproqshunoslik va agrokimyo” kafedrasini q/x.f.n., dots. R.Shukurovlar boshqara boshladi.
1998 yilda qayta tashkil etilgan Zoologiya kafedrasi 2014 yil iyun oyigacha faoliyat ko’rsatdi. 1998-2014 yillarda kafedraga prof. O. Davronov, dots. Sh.Raximov va q/x.f.n., J.Berdiyevlar rahbarlik qildi.
2014 yilda botanika va zoologiya kafedralari birlashtirilib negizida Biologiya kafedrasi tashkil etildi. Biologiya kafedrasi 2017 yilgacha faoliyat korsatdi.
2017 yilda universitet tuzilmasiga o’zgartishlar kiritildi va Zoologiya va fiziologiya kafedrasi tashkil etildi. 2017-2019 yillarda Zoologiya va fiziologiya kafedrasiga dots. O.Karimov rahbarlik qildi.
2019 yilda Zoologiya va fiziologiya kafedrasiga dots. G.Bobonazarov kafedra mudiri etib tayinlandi.
Zoologiya kafedrasi 2021 yil oktabr oyida Qarshi davat universitetining yangilangan tuzilmasiga muvofiq Zoologiya va fiziologiya kafedrasi negizida qayta tashkil etildi.
Hozirgi kunda kafedrada 9 nafar professor-o‘qituvchilar 8,50 shtat birligida faoliyat ko‘rsatishadi. Shulardan 1 nafar fan nomzodi, professor, 3 nafari fan nomzodi, dotsent, 1 nafar PhD, 1 nafar dotsent, 3 nafari o‘qituvchi-assistentlar. Ilmiy salohiyat 65 foizni tashkil etadi.
2021 yil oktabr oyidan 2025 yil mart oyigacha biologiya fanlari nomzodi, professor G.Bobonazarov Zoologiya kafedrasida kafedra mudiri lavozimida ishlagan.
2025 yil aprel oyida biologiya fanlari nomzodi dots. B.Davronov Zoologiya kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlangan.
Kafedrada quyidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib boriladi:
1. Janubiy O‘zbekistonning hayvonot olami faunasi bioekologiyasi, ulardan oqilona foydalanish va muhofaza qilish.
2. O‘zbekiston janubida qishloq xo‘jalik hayvonlari va ekinlari, ular mahsuldorligiga zarar keltiruvchi parazitlar va zararkunandalar bioekologiyasi, ularga qarshi kurash chora-tadbirlari.
1. Omonova Nafisa Raximovna. Ilmiy ish mavzusi: ""Qashqadaryo viloyati sharoitida tovuqlar ektoparazitlari faunasi va bioekologiyasi""
va bioekologik xususiyatlari ""
2. Xosilova Guzal Abdiqayumovna.Ilmiy ish mavzusi:"" Kavsh qaytaruvchi hayvonlar parazitlari - Paramphistomida Skrjabin et Schulz, 1937 turkumi trematodalari tur tarkibi va bioekologik hususiyatlari (Markaziy va Janubiy O‘zbekiston misolida)""
3. Orziyeva Yoqutoy Matnazar qizi. Ilmiy ish mavzusi:""Zarafshon tog‘ tizmasi janubiy yon bag‘ri qorinoyoqli mollyuskalarning bioekologik xususiyatlari"" Barcha tadqiqotchilar 03.00.06 Zoologiya ixtisosligi bo‘yicha ilmiy faoliyat yuritmoqda.
2024 yil noyabr oyida Toshov O’tkir Jumayevich dotsentlik unvonini oldi.
2025 yil may oyida Norqobilova Zarina Boyqobil qizi "" Qashqadaryo viloyati ninachilarining (Insecta: Odonata) tur tarkibi, tarqalishi” mavzusida biologiya fanlari falsafa doktori darajasini oldi.
Kafedra Rossiya Federatsiyasining oliy ta’lim muassasalari va institutlari (Oltoy davlat universiteti, Sankt-Peterburg davlat veterinariya tibbiyoti universiteti), Pavlodar pedagogika universiteti nomidagi E. Marg‘ulan (Pavlodar, Qozog‘iston) va O‘zbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti, Shahrisabz va Qarshi tibbiyot kollejlari, Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi, Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari, Qashqadaryo viloyati don ekinlari seleksiyasi va urug‘chilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda bir qator ishlab chiqarish korxonalari (jumladan, Muborak GQIZ, Qashqadaryo viloyati ovchilar va baliqchilar sport jamiyati, Qashqadaryo viloyati ""EKO TUR"" MCHJ, Qashqadaryo viloyati veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi) hamda O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlik qilmoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy tadqiqot faoliyati viloyat tashkilotlari va korxonalari bilan uzviy hamkorlikda olib borilmoqda.
G‘.Bobonazarov “Qishloq xo‘jaligi va uy hayvonlarini qichima-qo‘tir kasallaridan muhofaza qilishning ekologik xavfsiz integrallashgan tizimini qo‘llash”,
B.Davronov “Ikki pallali mollyuskalardan foydalanib, suv havzalarini tozalash texnologiyasi”, Rahmatullayev “Tuproq unumdorligini oshirishning ekologik xavfsiz va samarali usuli” mavzularidagi loyihalari bilan respublika innovatsion yarmarkasida ishtirok etdilar.
Kafedra qoshida umumbiologik fanlar yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy-seminar faoliyat ko‘rsatadi. Kafedra professor-o‘qituvchilarining olib borgan o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlari 5 ta darslik, 8 ta monografiya, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 7 ta uslubiy qo‘llanma, 12 ta risola va 500 dan ortiq ilmiy va uslubiy maqolalarda o‘z aksini topgan.
Zoologiya kafedrasining iqtidorli talabalari universitet, respublika va qolaversa xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlar, fan olimpiadalari, seminarlar, tanlovlarda faol ishtirok etib kelishmoqda.
. 2024-2025 yillar uchun amaliy loyihalar tanlovida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 1 ta loyiha taqdim etildi."
"Qarshi davlat universiteti (Qarshi, O‘zbekiston) va Altoy davlat universiteti (Barnaul, Rossiya)
Qarshi davlat universiteti (Qarshi, O‘zbekiston) va E. Marg‘ulon nomidagi Pavlodar pedagogika universiteti (Pavlodar, Qozog‘iston)"