Fiziologiya

Ma'lumot mavjud emas.

Kafedra tarixi

"Fiziologiya kafedrasining tarixi 1962 yillarga borib taqaladi. O‘sha paytda kafedraning nomi Anatomiya, fiziologiya va gigiyena, keyinchalik Anatomiya va fiziologiya deb nomlangan. Kafedrani 1969 yilda dotsent Abduraxim Abduraxmonov boshqargan. 1970 yilda esa Baxodir Po‘latoich Aminov kafedra mudiri vazifasini bajargan. Shu yillarda Anatomiya va fiziologiya kafedrasida Turab Tilavov, Shoniyoz Kurbanov, To‘raqul O‘roqov, Rashida Usmonova, Luiza Hakimova singari professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borishgan. 1991 yilga kelib kafedra strukturasi o‘zgargan va quyidagi ikkita kafedra shakllangan: Tibbiyot asoslari hamda Fiziologiya va biokimyo kafedrasi. 1993 yilga kelib Fiziologiya va biokimyo kafedrasi negizida Fiziologiya kafedrasi qayta tuzilgan. Shu vaqtda biologiya fanlari doktori, professor Shoniyoz Kurbanov mazkur kafedrani boshqargan. Kafedraning ilmiy yo‘nalishi hazm va oziqlanish fiziologiyasining ustivor masalalari, aholi turli guruhlarining amaldagi ovqatlanishini o‘rganish, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish muammolariga qaratilgan. Professor-o‘qituvchilar tomonidan Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari talabalari uchun 3 ta darslik (SH.Qurbonov bilan hammualliflikda), “Bolalar va o‘smirlar fiziologiyasi va gigiyenasi” (2005); Sh.Qurbonov, A.Qurbonov. “Odam fiziologiyasi (biokimyo asoslari bilan)” (2006); Sh.Qurbonov “Ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi” (2013), shuningdek o‘nlab o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop ettirilgan. O‘qituvchi Do‘stov Karim To‘rayevich “Sportchilarning amaldagi ovqatlanishini baholash va ratsionallashtirish usullari” mavzusida, Rahmatullayev Yorqin Shokirovich “Qishloq maktabi o‘quvchilarining oziq moddalar bilan fiziologik ta’minlanishi va uni meyorlashtirish” mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib borishgan. Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha bir qator nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. 2012-2014 yillarda Fiziologiya kafedrasi mudiri lavozimida biologiya fanlari nomzodi, dotsent Kurbanov Abdulaziz Shoniyozovich ishlagan. 2014-2015 yillarda kafedraning nomi Anatomiya va fiziologiya, 2015-2018 yillarda Biotexnologiya deb yuritilgan hamda biologiya fanlari nomzodi, dotsent Karimov Olim Rasulovich shu davrlarda mazkur kafedrani boshqargan. Shu paytda kafedrada 22 nafar professor-o‘qituvchi (2 nafar fan doktori, professor, 3 nafar fan nomzodi, dotsent, 4 nafar fan nomzodi, katta o‘qituvchi, 3 nafar katta o‘qituvchi hamda 10 nafar o‘qituvchilar) faoliyat olib borishgan (ilmiy salohiyati 53 foiz). Biotexnologiya kafedrasi 2015 yilda Fiziologiya va Tibbiy bilim asoslari kafedralarining birlashishi natijasida tashkil topgan Anatomiya va fiziologiya kafedrasi nomi bilan o‘z faoliyatini davom ettirgan. 2018-2021 yillarda Fiziologiya hamda Zoologiya kafedralari birlashtirilib, Zoologiya va fiziologiya kafedrasi tashkil etilgan. Kafedra mudiri lavozimida biologiya fanlari nomzodi, dotsent Bobonazarov G‘affor Yodgorovich ishlagan. Shu paytda kafedrada professor o‘qituvchilardan prof.SH.Qurbonov, dots. Salom O‘roqov, dots.Jo‘ra Berdiyev, dots.Barno Daronov, dots. Abdulaziz Kurbanov, dots.Alimardon Raxmatullayev, dots.Olim Karimov, dots. Baxtiyor Ro‘ziyev, dots.Yorqin Raxmatullayev, b.f.n. Ikrom Cho‘liyev, katta o‘qituvchi O‘tkir Toshev, o‘qituvchilardan Zamira Zubaydova, Karim Do‘stov, Gulnoza Buranova, Shohida Umedova, Hulkar Hazratova, Iroda Sattorova va boshqalar faoliyat olib borishgan. 2021 yilning sentabr oyida Zoologiya va fiziologiya kafedrasi mustaqil ikkita kafedra Zoologiya hamda Fiziologiya kafedralariga bo‘lingan. Fiziologiya kafedrasiga biologiya fanlari nomzodi Cho‘liyev Ikrom Ne’matullayevich kafedra mudiri etib saylangan. Mazkur yilda kafedra o‘qituvchisi Umedova Shohida Numanovna profeyesor Shoniyoz Kurbanov raxbarligida 03.00.08-Odam va hayvonlar fiziologiyasi ixtisosligi bo‘yicha PhD dissertatsiyasini himoya qildi hamda biologiya fanlari falsafa doktori ilmiy darajasini oldi. Shu bilan birga kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan Xorijiy jurnallarda 10 dan ortiq, O‘zR OAK ro‘yxatidagi jurnallarda 18 ta maqola, 1 ta darslik, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta monografiya hamda 10 ga yaqin uslubiy qo‘llanmalar nashr ettirildi. 2022 yilning dekabr oyidan boshlab biologiya fanlari nomzodi, dotsent Raxmatullayev Yorqin Shokirovich Fiziologiya kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi laozimida ishlay boshladi. 2023 yilning may oyida esa Fiziologiya kafedrasi mudiri etib saylandi. O‘tgan davr mobaynida kafedrada 3 ta PhD dissertatsiyasini himoya qilindi (2022 yilning avgustida Buranova Gulnoza Boymuratovna, 2023 yilning aprelida To‘rayev Yolqin SHerzod o‘g‘li hamda 2024 yilda Karimova Mavluda Hakimovna). 2025 yilda Professor Shoniyoz Kurbanov rahbarligida Hazratova Hulkar Normurodovna “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining amaldagi ovqatlanishi va uning fiziologik tahlili” mavzusida PhD dissertatsiyasini tayyorladi va shu yilning 30 iyun kuni muvaffaqiyatli himoya qildi. Shuningdek kafedra doktoranti Sattorova Iroda Yangiboyevna profesor Ma’murjon Pozilov rahbarligida PhD dissertatsiyasini yakunlab, 2025 yilning 14 iyul kuni Ilmiy seminarda muhokamadan o‘tdi."
"Hozirgi vaqtda kafedramizda 5 nafar doktorant ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug’ullanmoqda. Jumladan Sattorova Iroda Yangiboyevna “Eksperimental giperglikemiyada jigar mitoxondriyasi disfunksiyasiga ayrim polifenol birikmalarning ta’sirini tavsiflash” mavzusidagi 03.00.08 - Оdam va hayvonlar fiziologiyasi ixtisosligi bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlayotgan dissertatsiyasini yakunlab, Ilmiy seminardan muhokamadan o’tdi. Yaqin kunlarda himoya kuni e’lon qilinishini kutmoqda. Qiyomova Nozigul Farxodovna “Kavrak (Ferula assa-foetida) ekstraktining ingichka ichak gidrolitik funksiyasiga (karbogidrazalar va proteazalar misolida) ta’siri” mavzusidagi 03.00.08- Odam va hayvonlar fiziologiyasi ixtisosligi bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozadigan dissertatsiyasini hamda Cho’liyeva Muhayyo A’zamovna “Maktabgacha yoshdagi bolalarning amaldagi ovqatlanishi va jismoniy rivojlanishini fiziologik asoslash (Qashqadaryo viloyati misolida)” mavzusidagi 03.00.08 - Odam va hayvonlar fiziologiyasi ixtisosligi bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozadigan dissertatsiyasini yakunlab, kafedra muhokamasidan o’tkazish uchun tayyorgarlik ko’rmoqda. O‘zbekiston Milliy universiteti biofizika va biokimyo instituti molekulyar biofizika laboratoriyasi mudiri, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim N.A.Ergashev rahbarligida doktorant Ikromova Muxlisa Akrom qizi 03.00.08- Odam va hayvonlar fiziologiyasi ixtisosligi bo‘yicha “Oksidativ stressda ayrim polifenollarning antioksidant tizim va mitoxondriyalar funksiyasional parametrlariga ta’siri” mavzusida hamda Qarshi davlat universiteti Fiziologiya kafedrasi dotsenti A.Sh.Qurbonov rahbarligida esa doktorant Mingisheva Zarina 03.00.08- Odam va hayvonlar fiziologiyasi ixtisosligi bo‘yicha “Buxoro viloyatining cho‘l va chala cho‘l hududlarida istiqomat qilayotgan maktab yoshidagi bolalarning jismoniy rivojlanish holatini baholash (Olot va G‘ijduvon tumanlari misolida)” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda."
"Kafedra jamoasi Rossiya Federatsiyasi Ta’lim akademiyasining O‘smirlar fiziologiyasi instituti, Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti Normal fiziologiya kafedrasi, Rossiya Federatsiyasi Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti Normal fiziologiya kafedrasi, Turkiya Respublikasi Izmir shahridagi Ege Universitetining Fan fakulteti Biologiya bo’limi bilan xalqaro hamkorlik yo’lga qo’yilgan. Jumladan, Yevropa davlatlarida bo’lib o’tadigan online xalqaro konferensiya va seminarlarda qatnashib kelmoqda. Hamkorlikda Scopus bazasidagi jurnallarda maqola nashr ettirish hamda o’quv qo’llanma va darsliklar tayyorlash ustida ishlanmoqda. Kafedra professor-o’qituvchilari Turkiyaning Ege Universiteti Fan fakultetida hamda Rossiya Federatsiyasi Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti Normal fiziologiya kafedrasida stajirovka o’tadilar. Kafedra o‘quv yuklamasidagi “Sport morfologiyasi” hamda “Tanlangan sport turlarining fiziologik tasnifi” fanlarining ma’ruzalari Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti Normal fiziologiya kafedrasi dotsenti, biologiya fanlari nomzodi Valeriy Olegovich Yerkudov hamda Rossiya Federatsiyasi Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti Normal fiziologiya kafedrasi dotsenti, biologiya fanlari nomzodi Yevgeniy Aleksandrovich Kalyujniylar tomonidan o‘qitilib kelinmoqda."

Biz bilan bog‘lanish

Hamkorlik, takliflar va murojaat uchun

TOP