Noorganik kimyo

Bo‘rixonov Baxtiyor Xolmirzayevich

Bo‘rixonov Baxtiyor Xolmirzayevich

Noorganik kimyo kafedrasi mudiri

BATAFSIL

Kafedra tarixi

2021 yilda «Noorganik kimyo» kafedrasi tashkil topdi. Kafedrada 1 ta fan doktori, professor, 1ta fan nomzodi, professor, 1ta fan nomzodi,dotsent, 3 ta kimyo fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent ,4 ta kimyo fanlari falsafa doktori (PhD), 5 ta assistant o‘qituvchi va 4 ta tayanch doktorant faoliyat ko‘rsatmoqda. Ilmiy salohiyat – 67 %. «Noorganik kimyo » kafedrasi 60530100 - Kimyo yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassis chiqaruvchi kafedra hisoblanadi. Kafedrada «70530101 - Kimyo (yo‘nalishlar bo‘yicha)» mutaxassisligi bo‘yicha magistratura mavjud.ud.
1. Avtobenzin va dizel yoqilg‘isini oktan va setan soni oshirish maqsadida yoqilg‘i xossalarni modifikatsiyalash uchun qo‘shimchalarni ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish. 2. Xinazolon–4 va uning hosilalarini d- materiallar bilan oddiy va aralash ligandli koordinatsion birikmalari sintezi va qo’llanishi; Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha kafedrada 1 ta Xalqaro, 1 ta Respublika miqyosida ilmiy amaliy konferensiya,4 ta darslik, 6 ta monografiya, 6 ta o‘quv qo‘llanma, 20 dan ortiq uslubiy ko‘rsatmalar, 70 dan ortiq mahalliy OAK jo‘rnallarida, 40 dan ortiq xorijiy jurnallarda maqolalar chop etilgan.
Kafedra: O‘zbekiston Respublikasi FA O'simlik moddalari Kimyosi instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, O'zR FA O.S.Sodiqov nomidagi Biorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-teхnologiya ilmiy tadqiqot inistituti, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Shurtangaz kimyo kompleksi, Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, O’zbekiston GTL zavodi hamda boshqa ishlab chiqarish korxonalari bilan ilmiy hamkorlik ishlarini olib bordi. Jumladan “Uzbekistan GTL” MChJ tomonidan oliy ta’lim muassasalarining o‘z kasbiga fidoyi o‘qituvchilarini moddiy va ma’naviy qo‘llab quvvatlashga hissa qo‘shish maqsadida, “Eng fidoyi ustoz 2023-2024” tanlovi e’lon qilingan edi. Noorganik kimyo kafedrasi dotsent Umirov.N ushbu tanlovda faxirli 1-o’ringa sazovar bo’ldi.

Biz bilan bog‘lanish

Hamkorlik, takliflar va murojaat uchun

TOP