Kodirov Abduahad Abdurahimovich
Organik kimyo kafedrasi mudiri
BATAFSIL
Kafedra tarixi
2021 yilda Organik kimyo kafedrasi tashkil etilgan. Tashkil etilgandan buyon kafedraning ilmiy salohiyati 60 % dan 73 % ga ko‘tarilgan. Kafedrada 1 ta fan doktori, dotsent, 3 ta fan nomzodi, dotsent, 3 ta PhD, dotsent, 2 ta PhD, dotsent vazifasini bajaruvchi, 3 ta o‘qituvchi, 2 ta tayanch doktorantlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Organik kimyo kafedrasi 60530100 – Kimyo yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr mutaxassislar tayyorlovchi kafedra hisoblanadi. Kafedrada 70530101 – Kimyo mutaxassisligi bo‘yicha magistratura mavjud. Shu vaqt mobaynida kafedraning 1 nafar a’zosi kimyo fanlari doktori ilmiy darajasini, 4 nafar a’zosi kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini, 4 nafar a’zosi dotsent ilmiy unvonini olishga erishgan. Kafedra dotsenti Kodirov Abduaxad Abduraximovich kimyo fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun “Alifatik va geterotsiklik nitrillar hamda amidlar sintezi, kvant kimyoviy tasnifi, modifikatsiyasi, biologik faolligi” mavzusida dissertatsiya ishini himoya qildi. Mustaqil izlanuvchi Kurbanov Mingniqul Jumagulovich texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun “Alifatik azot va bitsiklik oltingugurt saqlovchi organik birikmalar sintezi, olish texnologiyasi va qo‘llanilish sohalari” mavzusida dissertatsiya ishi olib boryapti. Ilmiy maslahatchi etib kimyo fanlari doktori Kodirov Abduaxad Abduraximovich tayinlangan. Kafedra a’zolari tomonidan "Aminonitrillar asosida yuqori samarali biologik faol birikmalar sintezini amaliyotga joriy etish" mavzusida ilmiy innovatsion loyiha muvaffaqiyatli bajarilgan, o‘stiruvchanlik xususiyatga ega N,N-bis-(α-sianizopropil) etilendiamin uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk Markazining ixtiroga patenti olingan (№IAP 07542, 2023 yil). Natijada qishloq xo‘jaligida keng qo‘llash uchun suvda oson eruvchan, kam zaharli va yuqori samarali sintetik stimulyator yaratilgan. Yuqori o‘stiruvchanlik xususiyatini namoyon etuvchi “Oltin kuz” preparatiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk Markazidan tovar belgisiga guvohnoma olingan (MGU 47964, 2023 yil). Shuningdek, "Almashingan benzimidazollar va xinozolonlar qatorida tioamidalarning sintezi va kimyoviy o‘zgarishlari" (2023 y.), “Aminonitrillar sintezi va biologik faolligi” deb nomlangan monografiyalar, "Organik kimyo fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari"(2023 y.), “Bioorganik kimyo”(2024) deb nomlangan darsliklar, "Organik kimyo", "Tabiiy birikmalar kimyosi" , “Organik kimyo fanidan mashq va masalalar to‘plami”, “Umumiy va noorganik kimyo 2” deb nomlangan o‘quv qo‘llanmalar chop etilgan. Kafedra a’zolarining ilmiy raxbarligida 3 nafar iqtidorli talaba turli tanlovlarda g‘olib bo‘lishgan, 2 nafar talaba nomdor stipendiant bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan.
Kafedra quyidagi yoʼnalishlarda ilmiy faoliyat olib boradi:
1. Аlifatik va geterotsiklik nitrillar hamda amidlar sintezi, kvant kimyoviy tasnifi, modifikatsiyasi, biologik faolligi;
2. Neft tarkibidagi siklik oltingugurtli birikmalarni olish texnologiyasi va kimyoviy modifikatsiyasi.
Ushbu yoʼnalishlar boʼyicha kafedrada 1 ta Xalqaro, 1 ta Respublika miqyosida ilmiy amaliy konferentsiya, 1 ta darslik, 4 ta monografiya, 3 ta oʼquv qoʼllanma, 20 dan ortiq uslubiy koʼrsatmalar, 50 dan ortiq mahalliy OАK joʼrnallarida, 30 dan ortiq xorijiy jurnallarda maqolalar chop etilgan.
Kafedra: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.Yu. Yunusov nomidagi O'simlik moddalari kimyosi instituti, O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-teхnologiya ilmiy tadqiqot inistituti, Mirzo Ulugbek nomidagi O'zMU, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Shurtangaz kimyo kompleksi, Shurtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi, O’zbekiston GTL zavodi hamda boshqa ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik qiladi.